ZAMONAVIY BIZNESDA MALAKA – MILLION YUTUQLAR GAROVI
2019-yil 26-noyabr kuni Toshkent moliya instituti Moliya fakulteti “Davlatiy moliya” kafedrasi tomonidan kafedra xaftaligi doirasida “Zamonaviy biznesda malaka – million yutuqlar garovi” mavzusida ma’naviy-marifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda “INTERNATIONAL BUSINESS STUDIES” o‘quv markazi rahbari A.Shoumarov, Moliya fakulteti dekan muovinlari M.Rustamov, O.Xudoyberdiyev, “Davlatiy moliya” kafedrasi professor-o‘qituvchilari va fakultet talabalari ishtirok etdilar.
Tadbirda Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti bitiruvchisi, Iqtisodiyot yo‘nalishi bo‘yicha magistrlar orasida Prezident stipendianti, Kaplan (UK-ACCA), University of Maryland (USA), Hohenheim University (Germany), Wageningen University (Netherlands) larda malaka oshirgan, “INTERNATIONAL BUSINESS STUDIES” o‘quv markazi rahbari Alisher Shoumarov tomonidan “ONE QUALIFICATION MILLION OPPORTUNITES” mavzusida seminar-trening taqdim etildi.
A.Shoumarov ASSA va uning imkoniyatlari haqida moliya fakulteti talabalariga tushuntirish va yo‘nalishlar berdi. Shuningdek, “INTERNATIONAL BUSINESS STUDIES” markazining GOLD ta’rifidagi (ASSA barcha F1-F9 darajalari) o‘quv kursiga 30% chegirma taqdim etdi.
Tadbir ingliz va o‘zbek tillarida o‘tkazildi. Talabalar ASSA kursini o‘qish bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga yetarlicha javob oldilar.